12:37 / 26.05.2015
3188

Hindistondagi issiq harorat qurbonlari soni 750 kishiga yetdi

Hindistondagi janubiy shtatlaridagi g‘ayritabiiy issiqlik 551 kishining halok bo‘lishiga olib keldi. Telangana shtatida 200, Orissa va G‘arbiy Bangoliya shtatlarida 36 kishi halok bo‘ldi.
Kecha 165 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Quyosh urgan odamlarning umumiy soni 750 kishiga yetdi.
Hindiston metereologiya xizmatining xabar berishicha, Andxra-Pradesh shtatidagi Machilipatnam va Tuni shaharlarida harorat 47 darajani tashkil qilgan.
Janubiy shtatlar rasmiylari fuqarolarga imkon qadar uydan chiqmaslikni tavsiya qilmoqda.

Top