07:38 / 26.05.2015
4089

Karlo Anchelottining iste'foga chiqarilgani rasman e'lon qilindi

Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres Karlo Anchelottining iste'fosini rasman tasdiqladi

"Klub direktorlar kengashi Anchelotti bilan xayrlashishga qaror qildi. Bu juda og‘ir qaror, ammo umid qilamizki bu qaror jamoa foydasiga xizmat qiladi. Karlo desima uchun butun xodimlar va muxlislar hurmatiga loyiq murabbiy. Ammo biz yangi davr boshlash vaqti yetib keldi deb hisoblaymiz. Kelgusi hafta davomida "Real"ning yangi bosh murabbiyi nomini bilib olamiz", - deydi Peres.

Qayd etish joiz, Anchelloti murabbiyligida “Real” joriy yilda birorta ham unvonni qo‘la kirita olmadi.

Anchelotti “Real”ga 2013 yilning yozidan beri murabbiylik qilib kelayotgan edi. Uning boshchiligida klub Chempionlar Ligasi, Ispaniya kubogi, UYeFA Superkubogi va klublararo jahon chempionatini yutgan edi.

Top