08:59 / 26.05.2015
6887

Konimex tumaniga yangi hokim tayinlandi

Navoiy viloyati fermerlari uyushmasi vakili Isomiddin O‘roqov Konimex tumani hokimi etib tayinlandi.

Bunday qaror Konimex tumani xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari uchinchi sessiyasida qabul qilingan.

O‘roqov sobiq hokim Sa'dullo Istamovning o‘rnini egallagan.

Ma'lumot uchun, Konimex tumani Navoiy viloyatining tarkibiy qismi bo‘lib, Konimex shahri tuman markazi hisoblanadi. Bu tuman 1920-yillardayoq avtonom okrug sifatida tashkil topgan, 1938 yilda Buxoro viloyati tarkibiga kiritilgandi. Tuman 1982 yildan Navoiy viloyati tarkibidan qayd etilgan, 1988-1992 yillarda esa Buxoro tarkibiga kiritilgan, mustaqillik yillarida yana Navoiy viloyatiga qaytarilgan.

Top