Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lola Karimova badiiy gimnastika bo‘yicha xalqaro turnirni Toshkentga kelib kuzatdi
22-24 may kunlari Toshkent shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogi bosqichi va “Happy Caravan – 2015” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Musobaqalarda Janubiy Koreya, Yaponiya, Rossiya, Latviya, Belarus, Bolgariya, Malayziya, Ozarboyjon, Armaniston, JAR, Ispaniya, Italiya, Argentina, Shveytsariya, Finlyandiya, Isroil kabi davlatlardan yuzga yaqin gimnastikachi ishtirok etdi.
Musobaqalarning tantanali ochilish marosimi Badiiy gimnastika bo‘yicha bolalar-o‘smirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxirasi sport maktabida o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi prezidenti L.Karimova-Tillayeva ham qatnashdi.
Badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogi bosqichida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Anastasiya Serdyukova bulavada mashq bajarib, bronza medal bilan taqdirlandi.
“Happy Caravan” xalqaro turnirining final musobaqasida esa Sabina Toshkenboyeva ko‘pkurash va alohida gimnastika predmetlari – arg‘amchi, to‘p va bulava yordamida mashq bajarish bo‘yicha jami to‘rtta bronza medal bilan taqdirlandi. Halqa yordamida mashq bajargan Nuriniso Usmonova ham uchinchi o‘rinni egalladi.