21:58 / 26.05.2015
2675

Lui van Gal Angliya futbol maydonlaridagi nomaqbul sharoitlardan shikoyat qildi

Lui van Gal Angliya futbol maydonlarida yaratilgan nomaqbul sharoitlardan shikoyat qildi.

“Men Angliyada bir yillik faoliyatim davomida bu yerdagi yaratilgan sharoitlarning ham ijobiy, ham salbiy tomonlarini ayta olishim mumkin. Ko‘pchilik stadionlarda futbolchilar kiyinish xonalari maqbul darajada jihozlanmagan.

Bu kamchilik murabbiy uchun ajratilgan joyga ham taalluqli. Men ba'zi shunday kiyinish xonalarida o‘tirishga joy yo‘qligidan unitazda o‘tirishga majbur bo‘lganman. Bu men uchun albatta ajablanarli hol bo‘lgan.

Odamlarning futbolga munosabati haqida gapiradigan bo‘lsam, bu o‘yinning ularning hayotida tutgan o‘rni aqlbovar qilmas darajadadir. Mening bu borada kutgan taxminlarim oqlandi.
Angliyada ishlash ajoyibdir, bu yerda futbol bilan nafas olishadi. Germaniyada bu butunlay boshqacha tus olgan, Ispaniyada biroz yaxshiroq, biroq ular bu borada Angliya bilan tenglasha olmaydi”, deb aytdi gollandiyalik mutaxassis.

Top