09:14 / 26.05.2015
2291

MDH vakillari Dushanbeda terrorizmga qarshi kurash masalalarini muhokama qilishdi

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida MDH davlatlarining xavfsizlik masalalari va maxsus xizmatlar bo‘yicha vakillari yig‘ilish o‘tkazdi. Bu yig‘ilishda "IShID"dan kelishi mumkin bo‘ladigan xavfga tayyor turish masalasi muhokama qilingan.

Rossiya Federal Xavfsizlik Xizmati tomonidan ma'lum qilinishicha, yig‘ilish davomida MDH davlatlarining 2014-2016 yillardagi hamkorligi yuzasidan fikrlar almashilgan.

Biroz oldinroq, Rossiya TIV "IShID" tuzilmasi AQSh va uning ittifoqchilari tuzgan koalitsiyadan ko‘ra yaxshiroq holatda ekanini qayd etib o‘tgandi.

Top