Jahon | 08:12 / 26.05.2015
1726
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikada ro‘y bergan tornado oqibatida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi

26 may kuni Meksikaning AQSh bilan chegarasi yaqinidagi Syudad-Akunya shahrida ro‘y bergan tornado oqibatida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda Koauila Viktor shtati Ichki ishlar rahbari Samora Rodriges.

4-darajali tornado bor-yo‘g‘i 6 soniya davom etganiga qaramasdan, ko‘plab qurbonlar va talofatlarga sabab bo‘ldi.

Tabiiy ofat qurbonlari orasida 10 nafar katta yoshli odam va 3 nafar bola bor, yana bir bola bedarak yo‘qolgan.

88 kishi jarohat olgan, ular shifoxonaga yetkazilgan. Boshpanasiz qolganlar uchun shaharda yettita vaqtinchalik turar joy barpo etildi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, ofat 750ta uyga ziyon yetkazgan, ulardan 80tasi butunlay vayron bo‘lgan. Yana 50ta avtomobil yaroqsiz holga kelgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish