12:58 / 26.05.2015
1749

Muxlislar "Zenit" jamoasining 90 yillik yubileyida faer-shou uyushtirishdi

25 may kuni "Zenit" jamoasi muxlislari Sankt-Peterburg shahrida jamoaning 90 yillik yubileyini keng ko‘lamda nishonlashdi va ko‘chalarda hamda shahar markazida mushakbozlik uyushtirishdi.

Yuzlab fanatlar Ermitaj muzeyi yaqinida bayramni nishonlashgan, yana o‘nlab muxlis esa Neva daryosi bo‘yida mushakbozlik qilishgan. Politsiya xodimlari ularning harakatlarini cheklamagan.

"Zenit" sharafiga shu kuni shahardagi e'tiborli obidalardan biri "Shoxli ustunlar"da olov yoqib qo‘yilgan. Shuningdek, shahardagi boshqa bir necha muhtasham binolar "Zenit"ga xos bo‘lgan ko‘k va oq ranglarda tovlanib turgan.

Ma'lumot uchun, "Zenit" 1925 yilning 25 may kunida tashkil etilgandi. Joriy yilning 17 may kuni "piterliklar" mavsumda muddatidan oldin Rossiya chempioniga aylanishdi hamda jamoaning 90 yillik yubileyiga munosib sovg‘a hozirlashdi.

Top