O‘zbekiston | 10:46 / 26.05.2015
2087
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston TIV delegatsiyasi IHKning 42-sessiyasida ishtirok etadi

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 2015 yilning 27-28-may kunlari Al-Kuvayt shahrida Islom hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining 42-sessiyasida ishtirok etadi.

Ma'lumot uchun, Islom hamkorlik tashkiloti 1969 yilning sentabrida tashkil etilgan va 2011 yilgacha Islom konferensiyasi tashkiloti nomi ostida faoliyat yuritgan. O‘zbekiston bu tashkilotga 1996 yilda a'zo bo‘lib kirgan. Hozirda bu tashkilotda 57 a'zo davlat mavjud.

Ma'lum qilinishicha, tashkilot yig‘ilishi har yili bir marta o‘tkaziladi.
2016 yilda O‘zbekistonda IHKning 43-sessiyasi o‘tkazilishi aytilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish