Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Uzbekistan Infrastructure/ Ferghana Valley 2015 ko‘rgazmasi o‘tkaziladi
O‘zbekistonda birinchi bor V2V formatida Uzbekistan Infrastructure/Ferghana Valley 2015 mavzusidagi ko‘rgazma o‘tkaziladi.
Tadbir tashkilotchisi ITE Uzbekistan kompaniyasidir. Ta'kidlanishicha, ko‘rgazma Farg‘ona vodiysidagi bu turdagi va bu qadar keng miqyosdagi dastlabki xalqaro tadbir bo‘ladi.
Tadbir 10-12 iyun kunlari Farg‘ona shahrida, “AvtoTexXizmat” namoyishlar zalida o‘tkaziladi. Tadbir doirasida infrastrukturalar sohasidagi yangi texnologiya va ishlanmalar namoyish etiladi.
Ko‘rgazmada Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Niderlandiya, Rossiya, Turkiya, O‘zbekiston, Yaponiya kabi davlatlar vakili bo‘lgan 30 kompaniya o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etadi.