Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 11:25 / 26.05.2015
2932
1 daqiqa o‘qiladi
Pakyao 2016 yilda Amir Xan bilan Dubayda jang o‘tkazishi mumkin
Amerikalik mashhur promouter Bob Arum, o‘z mijozi Menni Pakyaoning kelasi jangini 2016 yilning boshida o‘tkazishi mumkinligini ma'lum qildi.
Filippinlik bokschining taxminiy raqibi britaniyalik Amir Xan bo‘lishi mumkin va jang BAAning Dubay shahrida tashkil etiladi.
Lekin Pakyaoning maslahatchisi Maykl Konts bunday ma'lumotga ega emasligini aytgan.