21:44 / 26.05.2015
7203

Putin Yaqin Sharqda "IShID"ning paydo bo‘lishida tashqi omillar asosiy o‘rin egallashini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yaqin Sharq mintaqasida terrorchilarning faollashishi xalqaro hamjamiyat, xususan BMT vaziyatga yetarli darajada jiddiy qaramagani bilan bog‘liqligini aytib o‘tdi.

"Biz Yaqin Sharqda va Shimoliy Afrikada nimalar bo‘layotganini ko‘rib turibmiz, ayniqsa "IShID" nomli tashkilot qanchalik kuchayib borayotganini ko‘rayapmiz. Bu hududlardagi davlatlarda avvaldan ham terrorchi guruhlar mavjud edi, lekin bu davlatlarga hech qanaqa sanksiyalar joriy qilinmadi va bu guruhlarning rivojlanishiga xalaqit berilmadi. Endilikda, bu etiborsizlik og‘ir oqibatlarga olib keldi", deydi Putin BRIKS davlatlarining xavfsizlik masalalari bo‘yicha kotiblari yig‘ilishida qilgan chiqishida.

Top