19:04 / 26.05.2015
4397

Rossiya Eron uchun yana C-300 tayyorlamoqda

Rossiya Eronga yetkazib berish uchun C-300 raketa-majmualarining yangi to‘plamini tayyorlamoqda. Bu haqda "Interfaks" xabar bergan.

Rossiya Harbiy-sanoat komissiyasi rahbari o‘rinbosari Oleg Bochkarevning ma'lum qilishicha, navbatdagi jo‘natma bo‘yicha Vladimir Putinning shaxsan o‘zi ko‘rsatma bergan.

"Navbatdagi jo‘natuv ham avvaldan imzolangan kelishuv bo‘yicha amalga oshiriladi. Narxlar inflyatsiyani hisobga olgan holda o‘zgartiriladi", deb ma'lum qilgan Vladimir Putinning harbiy-texnik masalar bo‘yicha maslahatchisi Vladimir Kojin.

Top