Jamiyat | 21:46 / 26.05.2015
1665
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda “Ta'lim va kasb” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

30-31 may kunlari Toshkentda Wyndham Tashkent mehmonxonasida soat 10:00 da “Ta'lim va kasb” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Bu tadbirning asosiy maqsadi mamlakatimiz va xorijiy davlatlardagi ta'limning zamonaviy usullari, ta'lim muassasalari bilan tajriba almashish, yoshlarga va aholining keng katlamlariga ularni qiziqtirayotgan mutaxassisliklar bo‘yicha ta'lim muassasasini tanlashda ko‘mak ko‘rsatish, kasbiy faoliyatning yo‘nalishlari bo‘yicha ish tanlash imkoniyatining taqdim qilinishidan iborat.

Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar Kanada, Malayziya, Rossiya, Polsha, Buyuk Britaniya, Shveytsariya, Kipr va boshqa davlatlarda ta'lim olish haqida batafsil ma'lumotlar olishlari mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, ko‘rgazmada bakalavriata va magistratura, biznes ta'lim dasturlari, malaka oshirish, amaliyotdan o‘tish dasturlari, grant va stipendiyalar, xorijda bepul ta'lim olish imkoniyatlari haqida ma'lumotlarni ham olishlari mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish