Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Beauty Expo Uzbekistan 2015 go‘zallik industriyasi ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi
Toshkentda 11-13 iyun kunlari soat 11:00 da “Navro‘z” saroyida go‘zallik industriyasi ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Barcha xohlovchilar ushbu ko‘rgazmaga tashrif buyurishi mumkin.
Ko‘rgazma yuz va tanani parvarishlash, sochlarni parvarishlash, gigiyena mahsulotlari, dekorativ kosmetika, parfyumeriya, xomashyo va qutilash materiallari, maishiy kimyo yo‘nalishlari bo‘yicha turkumlanadi.
SalonExpo da kosmetologik uskunalar va asboblar, yuz va tanani parvarishlash professional kosmetikasi, sartaroshlik uskunalari va asboblari, stayling, sochlarni parvarishlash va bo‘yash uchun vositalar, tirnoqlarni manikyur, pedikyur qilish, plastik jarrohlik, permanent makiyaj va pirsing uchun asboblar va kerakli materiallar, SPA va aromaterapiya protseduralari namoyish qilinadi.