Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada bir hafta ichida quyosh urishidan 430 kishi shifoxonaga yotqizildi
Yaponiyaning bir qator viloyatlarida hukm surayotgan issiqlik natijasida bir hafta ichida quyosh urishidan 430 kishi shifoxonaga yotqizildi.
Yaponiya yong‘in xavfsizligi boshqarmasining ma'lumotlariga qaraganda, Tokio va Kioto shaharlarida, Saitama, Aiti, Fukusima va Fukuoka prefekturalarida quyosh urishi hollari qayd qilingan.
Jumladan, seshanba kuni Fukuoka prefekturasida 9 bolani quyosh urgan. Ma'lum bo‘lishicha, 780 nafar maktab o‘quvchisi tadbir repetitsiyasida ishtirok etayotgan chog‘da haroratning ko‘tarilishi oqibatida ulardan 17 nafari o‘zini yomon his qila boshlagan va shifoxonaga olib ketilgan.
Yaponiya bosh metereologiya agentligining xabar berishicha, ko‘pgina shaharlarda, shu jumladan, Tokioda havo 30 daraja issiq bo‘ladi. Rasmiylar fuqarolarga imkon qadar uydan chiqmaslikni tavsiya qilmoqda.