Sport | 09:50 / 27.05.2015
1664
2 daqiqa o‘qiladi

Adriano Galliani Anchelottisiz Milanga qaytmoqchi emas

«Milan» vitse-prezidenti Adriano Galliani 26 may kuni «Real»dan iste'foga chiqarilgan Karlo Anchelotti bilan olib borilayotgan muzokaralar borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Men Anchelottini «Milan»ga qaytarish uchun Madridga keldim. Men taslim bo‘lmayman. Anchelottidan rozi bo‘lishini so‘radim. Ertaga yana bir uchrashuv bo‘ladi», – deydi Galliani "Sport Mediaset" efirida.

«Anchelotti – ajoyib oshpaz. U bizga karbonara pishirib berdi. Nima bo‘lishini bilmadim, ammo ko‘rinishidan u hafsalasi pir bo‘lgan insonga o‘xshamadi. 

Ertaga — muhim kun, ammo hal qiluvchi emas. Pressingni davom ettiramiz. Karlo bilan muzokara o‘tkazish hamisha yoqimli, u — bizning oila a'zosi. U bilan 11ta xalqaro sovrinni qo‘lga kiritganmiz. Anchelotti — tariximizning bir bo‘lagi. 2005 yilgi "Liverpul"ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatni esladik. Sovrinlar soni 14ta bo‘lishi mumkin edi. 

Men ilk marta Karloni 1987 yilda taniganman. Bu hech qachon yakunlanmaydigan munosabat turiga kiradi. Agar Anchelotti rozi bo‘lmasa, u bilan Vankuver (u yerda 55 yoshli mutaxassis jarrohlik stoliga yotadi)ga uchishimni u biladi», – deydi Galliani.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish