Sport | 08:00 / 27.05.2015
2009
1 daqiqa o‘qiladi

CalcioNapoli24: Benites 1 iyun kuni “Real” bilan 2 yillik shartnoma tuzadi

“Napoli” klubi bosh murabbiyi Rafael Benites Madridning “Real” klubi bilan shartnoma tuzishiga yaqin turibdi.

CalcioNapoli24 bergan ma'lumotga ko‘ra, kelayotgan dushanba, 1 iyun kuni ispaniyalik mutaxassis qirollik klubining rahbariyati bilan shartnomaning bandlarini muhokama qilish uchun uchrashadi.

55 yoshli murabbiy madridliklarning ikki yillik shartnoma tuzish haqidagi taklifiga o‘z roziligini bergan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish