Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chimkentda shayx Muhammad Sodiq nomidagi masjidning ochilish marosimi o‘tkazildi
26 may kuni Qozog‘istonning Chimkent viloyati, Abay tumani hududida qurilgan yangi masjidning ochilish marosimi o‘tkazildi. Bu masjid o‘zbekistonlik marhum alloma shayx Muhammad Sodiq nomi bilan atalgan.

Masjid qurilishini mahalliy aholi amalga oshirgan bo‘lib, u yerda bir vaqtning o‘zida 1000 kishilik jamoat ibodat qilish imkoniga ega. Qozog‘iston musulmonlari idorasi masjidning shayx Muhammad Sodiq nomi bilan atalishini ma'qullab, bu buyuk ustozga hurmat va ikki xalq orasidagi azaliy birodarlikni mustahkamlash uchunligini ta'kidlagan.

Masjid ochilishida marhum shayxning o‘g‘li Ismoil hoji Muhammad Yusuf hamda shogirdlari Abdulhakim qori, Hasan va Husayn qori ishtirok etishdi. Ular jamoatni ushbu xayrli ish bilan tabriklab, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf kitoblarini masjidga hadya etishgan.







