Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yelizaveta II Britaniya Ukrainadagi vaziyat tufayli Rossiyaga bosim o‘tkazishda davom etishini ma'lum qildi
Qirolicha Yelizaveta II Buyuk Britaniya parlamentining yangi sessiyasi ochilishi oldidan so‘zlaydigan an'anaviy nutqida Buyuk Britaniya Ukrainadagi vaziyat tufayli Rossiyaga bosim o‘tkazishda davom etishini ma'lum qildi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
“Mening hukumatim Ukrainaning hududiy va suveren yaxlitligiga amal qilishni ta'minlash maqsadida Rossiyaga bosim o‘tkazishda davom etadi va Minsk kelishuvlarining to‘liq bajarilishini talab qiladi”, deb aytdi.
25 may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron Ukrainadagi inqirozni muhokama qilishdi va Minsk kelishuvlarining bajarilishi zarurligini ta'kidlab o‘tishdi.