Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Ittifoqi va Shveytsariya bank axboroti almashinuvi borasida kelishuv imzoladi
Yevropa Ittifoqi va Shveytsariya bank axboroti almashinuvi borasida kelishuv imzoladi. Ta'kidlanishicha, ushbu qadam soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlarining oldini olish maqsadida amalga oshirilgan.
“Imzolangan hujjatga ko‘ra ikki tomon o‘z rezidentlarining bank axborotini avtomatik tarzda almashishga kelishib olishdi”, – deyiladi Yevropa komissiyasi matbuot xizmati tarqatgan xabarnomada.
Iqtisodiy va moliyaviy masalalar bo‘yicha yevrokomissar Per Moskovisi ushbu kelishuv YeI va Shveytsariya o‘rtasidagi munosabatlarning shaffofligini yangi bosqichga ko‘tarishiga ishonch bildirdi.