08:45 / 27.05.2015
2108

Fernando Yyerro "Real"ni tark etdi

"Real"da Karlo Anchelottining yordamchisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan Fernando Yyerro jamoani tark etdi.

Xabar qilinishicha, uning ketishi Anchelottining ishdan bo‘shatilishi bilan bog‘liq emas - u rahbariyatni o‘zining mavsum so‘ngida ketishi haqida ancha vaqt ilgari ogohlantirgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 47 yoshli mutaxassis o‘tgan yozda jamoada ish boshlagandi.

Anchelottining yana bir yordamchisi Pol Klement ham "Real"ni tark etgan, u keyingi mavsumda "Derbi Kaunti"ni boshqarishi kutilmoqda.

Top