Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
#FIFA va FIFA heshteglari tvitterda dunyo trendini egalladi
27 may kuni Tsyurix shahrida FIFAning 14 nafar amaldori poraxo‘rlikda gumon qilinib, qo‘lga olingach, bu voqea ijtimoiy tarmoqlarda va OAVlarda kun mavzusiga aylandi.

Xususan, tvitterda bu mavzu eng ko‘p muhokamaga sabab bo‘lib, #FIFA heshtegi tabiiy ravishda jahon trendiga chiqdi va soatlar davomida birinchi o‘rinda turibdi.
Shuningdek, ruslar tomonidan tvitlarga qo‘shib yozilayotgan «FIFA» so‘zi ham trenddan joy olgan. Bu so‘z trend qatorining ikkinchi o‘rnini band etgan.
Eslatib o‘tamiz, biroz oldinroq, hibsga olinganlarning nomlari ma'lum qilindi - Jyeffri Uebb, Jyek Uorner, Euxenio Figeredo, Eduardo Li, Xulio Rocha, Kostas Takkas, Rafael Eskivel, Xose Mariya Marin, Nikolas Leos, Alexandro Bursako, Aaron Devidson, Ugo Jinkis, Mariano Jinkis va Xose Margulis.
Ulardan 4 nafari o‘z aybiga iqror bo‘lgan.