Sport | 11:27 / 27.05.2015
2276
1 daqiqa o‘qiladi

FIFAning 14 nafar amaldori korrupsiyada gumon qilinib, qo‘lga olindi

FIFA tizimida faoliyat ko‘rsatadigan 10 nafardan ortiq amaldorga poraxo‘rlik bilan shug‘ullanganlik uchun ayblov e'lon qilinishi mumkin. Bu amaldorlar orasida tashkilotning ijrochi direktorlari Jyeffri Uebb hamda Euxenio Figeredo, shuningdek, ijroiy qo‘mitaning sobiq a'zosi Jyek Uorner ham bor. Bu haqda The New York Times nashri xabar qilgan.

Ma'lum qilinishicha, bu shaxslar Tsyurixda hibsga olingan va AQShga ekstraditsiya qilingan.

AQShning Federal Qidiruv Byurosi mazkur ish bo‘yicha uch yil davomida tekshiruv olib borgani ma'lum qilinmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish