Jahon | 16:58 / 27.05.2015
1624
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyaning eng badavlat odami Le Parisien gazetasini sotib olmoqchi

Lyuks mahsulotlar ishlab chiqaruvchi LVMH kompaniyasi Fransiyaning Le Parisien gazetasini sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, deb xabar bermoqda The Financial Times gazetasi. Gazetaning ta'kidlashicha, kompaniya shu tariqa o‘zining mediabiznesini (misol uchun, o‘z ichiga Les Echos ishbilarmonlik gazetasini oladi) kuchaytirmoqchi. Bitim bahosi 50 mln yevroga baholanmoqda.

LVMH kompaniyasi Fransiyaning eng badavlat odami Bernar Arno tomonidan nazorat qilinadi va Louis Vuitton, Fendi va Givenchy kabi brendlarni o‘z ichiga oladi.

Le Parisien gazetasiga Amaury fransuz guruhi egalik qiladi. Gazeta 1944 yilda natsistlar okkupatsiyasiga qarshi kurash olib borgan kuchlarning nashri sifatida tashkil etilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish