O‘zbekiston | 10:20 / 27.05.2015
3385
1 daqiqa o‘qiladi

Islom Karimov Janubiy Koreyaga safar uyushtiradi

27-29 may kunlari O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Koreya Respublikasi prezidenti Pak Kin Xening taklifiga binoan ushbu mamlakatga rasmiy safar uyushtiradi.
Ikki tomonlama muzokaralar chog‘ida o‘zaro hamkorlikning turli masalalari muhokama qilinadi. Jumladan, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, mintaqaviy va xalqaro siyosiy masalalar ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, safar doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Koreya hukumati va parlamenti hamda yetakchi iqtisodiy va moliyaviy strukturalari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazadi.
Tashrif yakunlariga ko‘ra davlat rahbarlarining qo‘shma deklaratsiyasi, shuningdek, boshqa bir qator hujjatlar imzolanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish