13:16 / 27.05.2015
2647

Obninskda internet orqali nasha sotgan o‘zbekistonlik aka-ukalar qo‘lga olindi

Rossiyaning Kaluga viloyati Narkotik moddalar aylanishini nazorat qilish federal xizmati boshqarmasi matbuot xizmati o‘zbekistonlik aka-uka asos solgan, giyohvand moddalar sotish bilan shug‘ullangan guruh qo‘lga olinganini ma'lum qildi.

Huquq-tartibot xodimlari tezkor kanallar orqali Obninsk shahrida nasha sotish bilan shug‘ullanuvchi, hech qayerda ishlamaydigan o‘zbekistonlik ikki o‘gay aka-uka haqida ma'lumot olganlar va ularni ushlashga qaror qilganlar.

Bu jinoiy ish bilan shug‘ullanish fikri aka-ukalardan kattasida paydo bo‘ldi, ukasi uning fikrini qo‘llab-quvvatladi. Giyohvandfurushlar qo‘l ostida anchagina odam: Moskvadan shaharga nasha olib keluvchi kurerlar, tegishli joylarda ularni saqlovchi garovchilar, Internet orqali buyurtma oluvchi operator qiz ishlagan. Bu og‘u ijaraga olingan garajda paketlarga qadoqlab chiqilgan. Jinoyatchilar nashani turli rangdagi paketlarga solishgan va uning ichiga kichkina magnit solib qo‘yishgan. Buning evaziga ular tez va nisbatan xavfsiz ravishda jamoatchilik joylarida nasha solingan paketlarni kelishilgan biror joyga qoldirib ketishgan.

Shu haftada bu jinoiy guruhning barcha a'zolari qo‘lga olindi. Ular hech qayerda ishlamagani va giyohvand bo‘lganlari aniqlangan. Ushbu voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi va tergov ishlari olib borilmoqda.

Top