Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda "Samsung Electronics" kompaniyasining ishlab chiqarish majmuasi yaratiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Abdug‘aniyevichning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasida 2015 yilning 26 may kuni Seul shahrida O‘zbekiston-Koreya biznes forumi bo‘lib o‘tdi.
Savdo, sanoat va energetika vazirligi tomonidan tashkil etilgan forum ishida Koreya tomonidan 300dan ortiq ishtirokchi, shu jumladan Koreya hukumati, savdo, sanoat va energetika, tashqi ishlar, kommunikatsiyalar, infratuzilma, qurilish va transport, qishloq xo‘jaligi va mintaqaviy taraqqiyot vazirliklari rahbarlari ishtirok etishdi.
Shuningdek, tadbirda Koreya gaz korporatsiyasi, "Lotte group", "Samsung", "LG", "Hyundai", "Hanjin group", "Korean Air", "GM Korea", "GS", "Posko", "Xanva", cingari ko‘plab yetakchi koreys kompaniyalari, Eksimbank, Koreya rivojlanish banki, "Koreya ekschendj bank", "Shinxan bank" va boshqa moliyaviy institutlar ham qatnashdi.
Biznes-forumda so‘zga chiqqan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tarmog‘i vakillari O‘zbekistonda ushbu sohaning jadal o‘sish suratlari va katta istiqbollarini ta'kidlashdi.
"Samsung Electronics" kompaniyasi uchun O‘zbekiston istiqbolli sherik hisoblanadi. O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish bo‘yicha ulkan salohiyatga ega, mamlakatda zamonaviy va diversifikatsiyalangan sanoat yaratilgan. Yaqin kelajakda respublikada zamonaviy elektr-maishiy texnikani ishlab chiqarish va mintaqa bozorlariga eksport qilish uchun tayanch ishlab chiqarish majmualari tashkil etilishi mumkin. Shuni hisobga olgan holda, "Samsung Electronics" kompaniyasi "nou-xau"lar va ilg‘or texnologik ishlanmalar bilan bo‘lishish yo‘li bilan eng zamonaviy maishiy texnikalarni ishlab chiqarish bo‘yicha to‘liq majmuani yaratish haqida strategik qaror qabul qildi", deydi kompaniyasi vitse-prezidenti Ku In Choy.