Sport | 19:31 / 27.05.2015
2200
2 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko Yevropa Ligasi finaliga tashrif buyuradi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bugun, 27 mayda Varshavada, “Narodoviy” stadionida bo‘lib o‘tadigan Ukrainaning “Dnepr” va Ispaniyaning “Sevilya” o‘rtasidagi Yevropa Ligasining final uchrashuviga tashrif buyuradi.
Poroshenko Polshaga tashrif buyurib, mamlakatning yangi prezidenti Anjyey Duda bilan uchrashishi, uchrashuvdan so‘ng stadionga o‘yinni tomosha qilishga borishi rejalashtirilgan edi. Biroq Duda band bo‘lganligi sababli Poroshenko bilan uchrasha olmasligini ma'lum qildi. Uning o‘rniga Poroshenko bilan mamlakatning endilikda sobiq prezidenti Bronislav Komarovskiy uchrashadigan bo‘ldi.

Pyotr Poroshenko Ukraina prezidenti maqomida faqatgina bir marta futbol o‘yinini tomosha qilish uchun stadionga tashrif buyurgan. U “Olimpiyskiy” stadionida o‘tkazilgan Yevropa ligasining 1/8 finalida “Dnepr”ning “Evertonga” qarshi uchrashuviga tashrif buyurgan. “Dnepr” bu uchrashuvda ingliz klubi ustidan 5:2 hisobida g‘alaba qozongandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish