14:00 / 27.05.2015
3946

Qozog‘istonda migratsiya qonunchiligini buzgan 428 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

Qozog‘istonda migratsiya qonunchiligini buzgan 428 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Barcha qo‘lga olinganlar Sariyog‘och tuman Ichki ishlar boshqarmasiga protsessual qaror qabul qilish uchun topshirildi.

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga a'zo davlatlarning noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha tegishli organlari rahbarlari Kengashi qarori bilan tashkilotga a'zo davlatlar hududlarida uchinchi davlat a'zolarining noqonuniy migratsiyasi va odamlar savdosiga qarshi kurashish maqsadida 18–23 may kunlari huquq-tartibot muassasalari kuchlari va vositalari ishtirokida “Nelegal-2015” birgalikdagi tezkor-profilaktik tadbirlari o‘tkazildi.

O‘tkazilgan operatsiya doirasida Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasisi Chegara xizmati “Ontustik” viloyat boshqarmasi Sariyog‘och chegara otryadi chegarachilari 18-23 may kunlari Qozog‘iston Respublikasi migratsion qonunchiligi qoidabuzalarini qidirish va aniqlash bo‘yicha Janubiy Qozog‘iston viloyatining Sariyog‘och tumanida tezkor reyd tadbirlari o‘tkazdilar.

O‘tkazilgan tadbirlar natijasida migratsion qonunchilikni buzgan 428 nafar O‘zbekiston fuqarosi ushlandi.

Top