20:07 / 27.05.2015
3529

Samsung Galaxy S6 Edge smartfonining Temir Odam uslubidagi versiyasi ishlab chiqildi

Koreyaning Samsung kompaniyasi eng yirik komikslar noshiri Marvel bilan uzoq istiqbolli shartnoma imzolagani ma'lum qilingan edi. Shartnomaga ko‘ra Samsung mashhur komiks qahramonlari uslubidagi elektronika mahsulotlari ishlab chiqarishi kerak edi. Ushbu hamkorlikning birinchi mevalaridan biri sifatida Samsung Galaxy S6 Edge smartfonining Iron Man uslubidagi versiyasi ishlab chiqildi.

Smartfon sariq va qizil ranglar gammasiga bo‘yalgan bo‘lib, orqa qopqog‘iga Temir Odam niqobining tasviri tushirilgan. Simsiz quvvatlantiruvchi uskuna ham Toni Stark qahramoni uslubida ishlangan bo‘lib, Temir Odam ko‘ksidagi mitti reaktorni eslatadi.

Smartfon faqat Janubiy Koreya, Gongkong va Xitoyda sotuvga chiqarilishi ko‘zda tutilmoqda. Agarda ushbu bozorlarda xaridorgir bo‘lsa, mahsulot Osiyodan tashqariga chiqariladi.

Yaqin kelajakda shuningdek Xalk, Tor, Kapitan Amerika singari komiks qahramonlari uslubida ishlangan smartfonlar ham ishlab chiqarilishi ma'lum qilinmoqda.

Top