Jamiyat | 12:04 / 27.05.2015
2879
1 daqiqa o‘qiladi

Sardor Milano Angliyadagi musiqiy tanlovda qatnashish uchun taklif oldi

Aprel oyida "Glavnaya stsena" loyihasida g‘olib bo‘lgan o‘zbekistonlik yosh xonanda Sardor Milano Angliyadagi X-Factor shousiga taklif etildi. Bu haqda "Glavnaya stsena" loyihasining feysbukdagi sahifasida ma'lum qilingan.

X-Factor shousi 2004 yildan beri o‘tkazib kelinadi va keng muxlislar ommasiga ega. Ushbu loyihaning boshqa mamlakatlarda franshiz tarzidagi sayyor namunalari ham tashkil etilgan.

Ayni paytda Sardor o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida o‘zi tahsil olayotgan Gnesinlar nomidagi musiqa kollejining  bitiruv  hamda magistratura bosqichiga kirish  imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rayotganligini yozgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish