13:40 / 27.05.2015
3318

Suriyalik milliarder Yahyo Kirdiy ispan top-klublaridan birini sotib olishga yaqin turibdi

Suriyalik milliarder Yahyo Kirdiy ispan top-klublaridan birini sotib olishga yaqin turibdi. Biroq u hozircha jamoaning nomini e'lon qilmayapti.

“Biz katta ispan klubini sotib olishga yaqin turibmiz. Biz barcha huquqlarni yoki juda bo‘lmasa 25 foiz aksiyani sotib olmoqchimiz. Mening huquqshunoslarim bu masala bo‘yicha ishlashmoqda. Hozir men bu klubning nomini ayta olmayman, chunki mendan muzokaralar paytida buni sir saqlab turishni so‘rashgan”, deb aytmoqda Kirdiy.

2010 yilda suriyalik tadbirkor “Liverpul” klubini sotib olishga asosiy da'vogar bo‘lgan, biroq bu bitimni amalga oshirish fikridan voz kechgan.

“Men “Liverpul”ni sotib olishga juda yaqin turgandim, biroq men tadbirkor odamman va 300 mln funt sterling qarz bilan foyda ko‘rishga umid qilish juda qiyin masalaligini tushunaman”, deb aytmoqda Kirdiy.

“Rafa Benites “Liverpul” muvaffaqiyatsizliklarining asosiy sababchisidir. U juda ko‘plab kuchli o‘yinchilarni sotib yubordi va jamoaning qizil rangdagi futbolkasini kiyib yurishga umuman noloyiq bo‘lgan futbolchilarni sotib oldi”, deb qo‘shimcha qildi Kirdiy.

Kirdiy o‘tmishda professional futbolchi bo‘lgan va “Al-Ittixod” klubi sharafini himoya qilgan.

Matbuotda u qanday faoliyat bilan shug‘ullanishi haqida deyarli ma'lumot mavjud emas.

Top