Jahon | 09:25 / 27.05.2015
1696
1 daqiqa o‘qiladi

Turkmaniston Afg‘onistonga elektr quvvati eksportini 4 barobarga oshiradi

Turkmaniston va Afg‘oniston 2018-2027 yillarda elektr quvvati eksporti hajmini 4 barobarga oshirish borasida kelishuvga erishdi. Bu haqdagi bayonotning Turkmaniston energetika va Afg‘oniston energetika va suv resurslari vazirlari tomonidan imzolanish marosimida Turkmaniston prezidenti va Afg‘oniston prezidentining MDH davlatlari bo‘yicha maxsus vakili ishtirok etdi.
Ma'lumki, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Afg‘oniston prezidentining MDH davlatlari bo‘yicha maxsus vakili Muhammadshokir Korgarni qabul qilgan edi. Ikki tomonlama muzokaralar chog‘ida ko‘plab sohalar, jumladan, energetika bo‘yicha hamkorlik masalasida ham kelishuvga erishildi. Ushbu kelishuv doirasida o‘zaro energetik resurslar almashinuvini ko‘paytirish borasida bayonot qabul qilindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish