Jamiyat | 17:02 / 27.05.2015
3172
2 daqiqa o‘qiladi

Yurak xurujidan keyin o‘ldiga chiqarilgan qozog‘istonlik pensioner o‘likxonada o‘ziga keldi

Qozog‘istonning Pavlodar viloyatida 68 yoshli pensioner yurak xurujidan so‘ng o‘likxonada o‘ziga keldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

“Otam bu voqeadan haligacha o‘ziga kelolmayapti. U o‘ziga kelganda, murdalar orasida yotganini tushunib yetgan. Uni o‘sha yerda sanitarlar payqab qolishgan. Dastlab ular qo‘rqib ketishdi, keyin esa o‘zlariga kelib, uning ustiga xalat tashlab, jonlantirish bo‘limiga olib borib, shovqin ko‘tarmaslikka ko‘ndirishga tushishgan”, deb aytmoqda pensionerning qizi Irina Grechko.

Ushbu qariya shifoxonada zotiljam kasalidan davolanayotgan bo‘lgan, biroq kuchli ta'sir qiluvchi dorilar qabul qilganidan keyin unda yurak xuruji yuz bergan. Shundan keyin uni o‘ldiga chiqarib, patologoanatomik bo‘lim, ya'ni o‘likxonaga jo‘natishgan.

Pensionerning qizi bu voqeadan bir kun o‘tib, otasini ko‘rgani borganda xabar topgan. Shifoxonadagilar pensioner va uning yaqinlariga “qari odamning ko‘ziga har xil narsalar tuyulishi mumkinligini aytib, ushbu holat yuzasidan shovqin ko‘tarmaslikni” tavsiya qilishgan.

Ayol otasini davolagan shifokorlarning yo‘l qo‘ygan o‘z xatolari va “o‘lim” tashxisi qo‘yganliklarini tan olishlariga erishmoqchi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish