O‘zbekiston | 17:11 / 27.05.2015
3983
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyaning Eksimbanki O‘zbekistonga 3 mlrd dollar kredit ajratadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Abdug‘aniyevichning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasida 2015 yilning 26 may kuni Seul shahrida O‘zbekiston-Koreya biznes forumi bo‘lib o‘tdi.

Savdo, sanoat va energetika vazirligi tomonidan tashkil etilgan forum ishida Koreya tomonidan 300dan ortiq ishtirokchi, shu jumladan Koreya hukumati, savdo, sanoat va energetika, tashqi ishlar, kommunikatsiyalar, infratuzilma, qurilish va transport, qishloq xo‘jaligi va mintaqaviy taraqqiyot vazirliklari rahbarlari ishtirok etishdi.

"Bugungi kunda Koreya Eksimbankining sarmoyaviy moliyalashtirish sohasidagi eng katta loyihalar majmuasi O‘zbekistonga to‘g‘ri kelib, bu ulush 2 mlrd dollardan ortiqni tashkil qiladi", deb qayd etadi o‘z chiqishida bank vitse-prezidenti Kim Yong Ki.

"Biz o‘zbekistonlik sheriklarimizning kredit bitimlari doirasida o‘zlariga olgan majburiyatlarini benuqson va o‘z vaqtida bajarayotganini yuqori baholaymiz. Shundan kelib chiqqan holda, biz O‘zbekiston banklariga sanoat va infratuzilmaning yetakchi tarmoqlarida strategik sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun qariyb 3 mlrd dollar miqdoridagi kredit mablag‘i ajratish haqida bitim tayyorlamoqdamiz", deb ma'lum qiladi Kim Yong Ki.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish