Sport | 12:26 / 28.05.2015
3657
1 daqiqa o‘qiladi

"Al-Hilol" jamoasi muxlislari tribunada Mortal Kombat ko‘rinishini hosil qilishdi

Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" jamoasi muxlislari OChL doirasida Eronning "Persipolis" jamoasiga qarshi o‘tkazilgan o‘yin arafasida tribunada Mortal Kombat tasvirini hosil qilishdi.

Bu orqali muxlislar o‘z sevimlilariga raqibni yanchib tashlashni da'vat qilishgan. Shuningdek, tribunada "finish `em" shiori ham hosil qilingan.

Qayd etish joizki, o‘yinda "Al Hilol" o‘z raqibini 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish