14:43 / 28.05.2015
6852

Angren ko‘mir koni yo‘lining qurilishida katta miqdordagi pul o‘zlashtirib yuborilgani aniqlandi

“Angren” BPIMB korxonasi uchastka boshlig‘i Ilhomjon Madrahimov Angren ko‘mir koniga aylana yo‘l qurilishi jarayonida katta miqdordagi pullarni o‘zlashtirib yuborganlikda ayblanmoqda. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.
Keltirilishicha, “Qamchiqavtoyo‘l” IYFK bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra, kompaniya Angren ko‘mir konining aylanib o‘tish yo‘lini qurib berishi lozim edi. buning uchun 1 mlrd 892 mln 312 ming so‘m pul ajratildi. Xizmatlar uchun 9 mln 413 ming so‘m ajratildi.
Biroq obektda bajarilgan hisob-kitob ishlari 192 mln 555 ming so‘m mablag‘ qo‘shib yozish yo‘li bilan o‘zlashtirilgani, sifatsiz ishlar qiymati esa 435 mln 895 ming so‘mni tashkil qilishi aniqlandi.
Bu ishlarda gumon qilingan I. Madrahimovga “Toshkent” KXSITFKda ish yurituvchi lavozimida ishlab kelayotgan, yordamchi pudratchi bo‘lgan Muhammadjon Mavlonov sheriklik qilgan. Uning korxonasi tomonidan bajarilgan ishlar qiymatiga 119 mln 387 ming so‘m mablag‘ qo‘shib yozilgan, 297 mln 619 ming so‘mlik qurilish va ta'mirlash ishlari sifatsiz bajarilgan.
Sud har ikki ayblanuvchiga tegishli jazoni tayinladi.

Top