Jamiyat | 16:05 / 28.05.2015
2024
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniya Kengashi O‘zbekistonga Shekspirning “Globus”ini olib keladi

2015 yilning noyabrida Uilyam Sheskpir nomi bilan bog‘liq mashhur “Globus” (The Globe) teatri Toshkentga gastrol safari bilan tashrif buyuradi. Bu haqda Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi direktori Mark Krossi RIA Novosti agentligi xabar qildi.
Aytilishicha, teatr O‘zbekiston Milliy drama teatri sahnasida “Hamlet” spektaklini namoyish etadi. Shuningdek, gastrol doirasida Buyuk Britaniya mutaxatassislari ishtirokida turli seminarlar va ma'ruzalar o‘tkazilishi kutilmoqda.

“Shekspir har doim qiziqish uyg‘otadi. Besh yil muqaddam “Ilhom” teatri “Hamlet”ning zamonaviy talqinini namoyish etgan edi. Endilikda o‘zbekistonlik tomoshabinlar spektaklni britaniyalik aktyorlar ijrosida tomosha qilishadi”, – dedi Krossi muxbir bilan muloqot chog‘ida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish