Sport | 10:12 / 28.05.2015
2190
1 daqiqa o‘qiladi

Dik Advokat «Sanderlend» murabbiyligidan ketdi

«Sanderlend» bosh murabbiyi Dik Advokat jamoani tark etishga qaror qildi. 

Gollandiyalik mutaxassis mart oyida "qora mushuklar"ni qabul qilib, mavsum oxiriga qadar shartnoma imzolagandi. U jamoani Premer-ligada olib qolishning uddasidan chiqdi. 

«Hayotimning ma'lum qismida qaror qabul qilishim kerak bo‘ladi. Axir yoshim 68da. Ko‘p jamoalar menga murojaat qilishdi, lekin men yo "Sanderlend"da qolishga, yoki boshqa jamoani boshqarmaslikka qaror qilgandim. Klub rahbariyati va barcha xodimlar va albatta muxlislarga minnatdorchilik bildiraman», – deydi Advokat.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish