Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FIFA 16 kompyuter o‘yinida ayollar milliy terma jamoalari paydo bo‘ladi
Kompyuter o‘yinlari ishlab chiqaruvchi Electronic Arts kompaniyasi FIFA 16 kompyuter o‘yiniga futbol bo‘yicha ayollar milliy terma jamoalarini qo‘shishini ma'lum qildi. Bu haqda kompaniyaning matbuot bayonotida aytilmoqda.
Kompyuter o‘yinlari yaratuvchilarining aytishlaricha, o‘yinda dunyoning eng kuchli 12 ta ayollar terma jamoalari – Avstraliya, Braziliya, Kanada, Xitoy, Angliya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Meksika, Ispaniya, Shvetsiya va AQSh jamoalari paydo bo‘ladi.
Virtual ayol futbolchilar hayotdagi kabi ko‘rinishga ega bo‘ladilar va o‘z uslublarida harakat qiladilar. Electronic Arts futbolchilarning harakatlarini o‘yinda joylantirish uchun motion capture texnologiyasi yordamida yozib oldi.
FIFA o‘yinining avvalgi versiyalarida ayollar terma jamoalari berilmagan. FIFA 16 o‘yini 2015 yil 22 sentabrda PC, Xbox One, Xbox 360, PS4 va PS3 o‘yin pristavkalari uchun sotuvga chiqariladi.