00:03 / 28.05.2015
2873

FIFAning axloq bo‘yicha qo‘mitasi 11 kishini istalgan futbol faoliyatidan chetlatdi

FIFAning axloq bo‘yicha qo‘mitasi 11 kishini istalgan futbol faoliyatidan chetlatdi, deb xabar berilmoqda tashkilot saytida.

“Futbol bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lgan va shunday jiddiy xarakterga ega bo‘lgan tergov tufayli kechiktirib bo‘lmaydigan choralar ko‘rish zarur bo‘ldi. Taftish FIFA axloq kodeksiga muvofiq holda olib boriladi”, deb aytdi FIFA axloq qo‘mitasi hakamlik palatasi rahbari Xans Yoaxim Ekkert.

Futbol faoliyatidan chetlatilganlar ro‘yxatiga kuyidagi shaxslar kiritildi: Jyeffri Uebb, Eduardo Li, Xulio Roka, Kostas Takkas, Jyek Uorner, Euxenio Figeredo, Rafael Eskivela, Xose Mariya Marin, Nikolas Leos, Chak Bleyzer va Derill Uorner.

Top