Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"O‘zbekengilsanoat" 2020 yilga qadar 56 ta yangi loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirgan
"O‘zbekengilsanoat" kompaniyasi chet el investitsiyalarini jalb etgan holda 21ta istiqbolli loyihalarni ham amalga oshirishni mo‘ljallagan.
Ma'lum qilinishicha, joriy yilda umumiy qiymati 50 million AQSh dollarini tashkil etadigan “Indorama Qo‘qon tekstil” to‘qimachilik korxonasini (to‘rtinchi bosqich) tashkil etish ishlari boshlangan. Uni 2017 yilda foydalanishga topshirish ko‘zda tutilgan.
Yil oxirigacha “O‘zbekengilsanoat” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 230 million dollardan ortiq 33 investitsiya loyihasini hayotga tatbiq etadi. Natijada 2,8 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratilib, eksport hajmi oshadi va ichki bozor yuqori sifatli to‘qimachilik mahsulotlari bilan ta'minlanadi.