O‘zbekiston | 12:24 / 28.05.2015
1832
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi Allbiz onlayn-savdo portali bilan hamkorlik qiladi

O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi Allbiz xalqaro internet-savdo markazi bilan hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi.

Memorandumdan ko‘zlangan maqsad palataga a'zo kompaniyalar eksport salohiyatini o‘stirish, elektron savdo orqali mahsulotlar chiqariladigan bozorlarni kengaytirish borasidagi hamkorlikni rivojlantirishdir.
Shuningdek, Savdo-sanoat palatasiga a'zo kompaniyalarga xizmat ko‘rsatilishida 20 foizlik chegirma ko‘zda tutilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish