15:29 / 28.05.2015
7173

O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida 9ta hujjat imzolandi

28 may kuni Seulda O‘zbekiston va Janubiy Koreya rahbarlari orasida o‘tkazilgan muzokaralar yakunlariga ko‘ra o‘rtasida to‘qqizta hujjat imzolandi.


Jumladan, ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari 2015—2017 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini imzoladi. Shuningdek, tomonlar ijtimoiy ta'minot to‘g‘risidagi bitimni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi memorandumni va haydovchilik guvohnomalarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. Shuningdek, 11 ta loyihani o‘z ichiga olgan 2015—2017 yillarda KOICA orqali hamkorlik qilish dasturini imzolandi.

O‘zbekiston va GS Engineering & Construction Corporation kompaniyasi tabiiy gazdan kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi doirasida hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Loyiha qiymati 4,5 milliard dollarni tashkil etadi.


Shuningdek, tomonlar Janubiy Koreyaning Iqtisodiy rivojlanish hamkorligi jamg‘armasi (EDCF) orqali hamkorlik bo‘yicha anglashuv memorandumini, EDCF mablag‘lari hisobiga maktablarni axborotlashtirish bo‘yicha loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi loyihaviy shartnomani imzoladi.


Bundan tashqari, tomonlar o‘rtasida sanoat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumi, O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Koreya Eksimbanki o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Top