09:17 / 28.05.2015
10872

Rossiya AQShni o‘z chegaralaridan tashqarida hukm chiqarishni bas qilishga chaqirdi

Bir necha kundan buyon davom etayotgan FIFAdagi korrupsiya ishi munosabati bilan Rossiya AQShni o‘z chegaralaridan tashqarida hukm chiqarishni bas qilishga chaqirdi. Bu boradagi bayonot Rossiya TIV rasmiy saytida e'lon qilindi.
“AQShni o‘z chegaralaridan tashqarida hukm chiqarishni bas qilishga va xalqaro huquqiy me'yorlarga amal qilishga chaqiramiz”, – deyiladi hujjat matnida.
Diplomatlarning so‘zlariga qaraganda, FIFA ishi yana bir bor AQSh qonunchiligining hududiy nomutanosib qo‘llanilishiga yana bir misoldir.
Shuningdek, Rossiya tashqi ishlar vazirligi AQSh bu ishni xalqaro futbol tashkilotiga soya solish maqsadida qo‘llamasligiga umid bildirdi.

Top