Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda rus tili va adabiyoti bo‘yicha konferensiya o‘tkazildi
27 may kuni O‘zbekiston Milliy universitetida “O‘zbekistonda rus tili va adabiyoti” mavzuidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi. Bu haqda Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasiga tayangan holda RIA Novosti agentligi xabar qilmoqda.
Konferentsiyada chiqish qilgan Rossiya pedagogik va ijtimoiy fanlar akademiyasi muxbir a'zosi Davlatbek Sa'dullayevning fikricha, 2015 yilning Rossiyada adabiyot yilining e'lon qilinganligi rus tili va adabiyotining jahon miqyosdagi o‘rnini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, Toshkentdagi Lev Tolstoy nomidagi kutubxona axborot-resurs markazi direktori Tatyana Olimxo‘jayeva tadbirda ma'ruza qilib, Rossotrudnichestvo tomonidan kutubxonaga Rossiyada nashr qilingan kitoblar sovg‘a qilinganini alohida ta'kidlab o‘tdi.
Tadbir doirasida konferensiya materiallari to‘plamining taqdimoti o‘tkazildi.