Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentlik bog‘bonlar Sietl shahridagi "Toshkent" bog‘iga lola daraxtlarini ekishadi
AQShning Vashington shtati Sietl shahridagi Bog‘lar ma'muriyati Kapitoliy tepaligida joylashgan «Toshkent» bog‘ini yangilash niyatini ma'lum qildi.
Ma'muriyatdagilar aytishicha, loyihaning bosh maqsadi sersoya daraxtlar yordamida bog‘ manzarasini yaxshilash hisoblanadi. Life, Love, Time and Game yodgorligi atrofiga qo‘shimcha maydon quriladi va o‘rindiqlar o‘rnatiladi.
Bog‘ ma'muriyati shuningdek, lola daraxtlarini o‘tqazish uchun qo‘shimcha hudud ajratmoqchi va bu ish toshkentlik bog‘bonlar tomonidan amalga oshiriladi.
Bog‘ 1980 yillar oxirida barpo etilgan va Sietlga qardosh bo‘lgan Toshkent shahri sharafiga nomlangan edi. Shaharlarni qardosh qilish to‘g‘risidagi bitim 1973 yilda imzolangan.