17:46 / 28.05.2015
2520

Uzbekistan Airways Technics korxonasi Vim-Avia va SCAT’larning buyurtmalarini bajardi

Uzbekistan Airways Technics aviakorxonasi doimiy hamkori – Rossiyaning Vim-Avia kompaniyasi bilan hamkorligining navbatdagi bosqichini realizatsiya qilmoqda. Ikki kompaniya o‘rtasida imzolangan shartnoma doirasida uchinchi Boing-757-200 samolyoti korxonada texnik ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Ilgariroq shu rusumdagi ikkita laynerga berilgan muddat ichida texnik xizmat ko‘rsatilgan edi.

Bundan tashqari, yaqinda Uzbekistan Airways Technics Qozog‘istonning yo‘lovchi tashuvchi SCAT aviakompaniyasiga tegishli samolyotlarning traplarini ta'mirdan chiqarib bergan edi.

Top