19:55 / 28.05.2015
2406

Yamandagi jangovor harakatlar qurbonlari soni 2 mingga yaqinlashdi

Yamandagi jangovor harakatlar qurbonlari soni deyarli 2 mingga yaqinlashdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Bu haqda Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining hisobotida aytilmoqda.

Xabarda 19 martdan 22 maygacha davr ichida Yamanda 1942 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.

Avvalroq Yaman Vazirlar mahkamasining rasmiy vakili Rajax Bodiy mamlakatdan chiqib ketgan Abd Rabbo Mansur Xodiy Jyenevada bo‘lib o‘tadigan tinchlik o‘rnatish bo‘yicha muzokaralarga kelmasligini ma'lum qilgandi.

Bodiy bu qarorga xusiychilar tomonidan ular bosib olgan shaharlar va mamlakat poytaxtidan o‘z kuchlarini olib chiqib ketishi shartlarining bajarilmayotgani sabab bo‘lganini aytgan.

Top